Ochiq amaliy seminar o‘tkazildi.
2021-yil 1-noyabr kuni kafedrada 2-3-kurs magistratura talabalari uchun dotsent G.M.Nigmatova tomonidan tayyorlangan “ Bachadondan anormal qon ketish: ma’lum muammoga yangicha yondashuvlar” mavzusida ochiq amaliy seminar o‘tkazildi. O’qituvchi magistrantlarni bachadondan anormal qon ketishining yangi tasnifi, etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirdi va ayniqsa kasallikning terapiyasi va reabilitatsiyasiga e’tibor qaratdi. Seminar interaktiv shaklda o‘tkazildi, magistrantlar taqdimot qildilar, situatsion topshiriqlarni jamoada yechishdi, test savollariga javob berishdi.
Fikr bildirish