2023 yil 17 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Akusherlik va ginekologiya kafedrasida talabalar ilmiy jamiyati anjumanining kafedralararo saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni kafedra mudiri Shukurov F.I. ochib berib barcha anjuman ishtirokchi talabalariga saralash bosqichida omad tiladi.
Anjumanga quyidagi professor o‘qituvchilar xayʼat azolari bo‘lishdilar:
Rais: Shukurov Farhаd Ishkulovich –TTA, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor;
Kotiba: Sayfuddinova Durdona – talabalar kengashi aʼzosi
Xayʼat azolari:
Xodjayeva Dilufar Nuriddinovna – TTA, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n;
Kayumova Dilrabo Talmasovna – TTA, Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.d;
Shodiyeva Xurshida To‛xtasinovna – TTA, Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi kata o‛qituvchisi, t.f.n.
Talabalar kengashi aʼzosi: Kamilov Jasurbek davolash fakulteti, 3 kurs talabasi
Anjumanda kafedra bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 6 nafar talabalar ishtirok etishdilar:
1) Yakubova Kamila-Davolash fakulteti, VI kurs, 602 guruh talabasi “Prognozirovanie VMI kak profilaktika prejdevremennix rodov” nomli ma’raza bilan;
2)Abdullajonova Muslima-Davolash fakulteti, IV kurs 410 guruh talabasi “Osobennosti klinicheskoy kartini i diagnostiki endometrioza u devochek podrostkovogo vozrasta i u jenshin reproduktivnogo vozrasta” nomli ma’raza bilan;
3)Valijonova Shirin-Davolash fakulteti, V kurs. 501 guruh talabasi “Analiz roli genov brca1 u brca2 v kachestve predikatora raka sheyki matki. Rasprostranyonnost raka sheyki matki v Respublike Uzbekistan” nomli ma’raza bilan;
4)Tadjiddinova Kamilla-Davolash fakulteti, V kurs 502 guruh talabasi «Embolizatsiya matochnix arteriy kak sovremenniy metod lecheniya miomi matki» nomli ma’raza bilan;
5) Fozilova Umida-Davolash fakulteti, VI kurs, 602 guruh talabasi “Sravnitelnaya xarakteristika provedeniya issledovaniy v otsenke profilaktiki raka sheyki matki” nomli ma’raza bilan;
6)Norqizilova Gulira’no-Davolash fakulteti, IV kurs 415 guruh talabasi “Exogenous and endogenous factors in the development of adhesions in the pelvic cavity in women of childbearing age” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari taqdimot ko‘rinishida tinglandi. Maʼruzaga talabalar juda puxta tayyorlanib kelishganligini alohida ta’kidlash mumkin. Taqdimotlar o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilib savol-javoblar bilan muhokama tarzida juda yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Maʼruzalar yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha yuqori mahorat bilan tayyorlanganligini namoyish etdi. Maʼruzalarda mavzularga oid slaydlar, videoroliklar, jadvallar, diagrammalar namoyish etildi.
Xayʼat aʼzolari taqdimotlarni muxokama qilishdi va quyidagi talabalarni bir ovozdan g’olib deb e’lon qilishdi:
1-o‘rin Abdullajonova Muslimaga “Osobennosti klinicheskoy kartini i diagnostiki endometrioza u devochek podrostkovogo vozrasta i u jenshin reproduktivnogo vozrasta” nomli ma’razasi uchun (Ilmiy rahbar t.f.n. Muftaydinova Sh.K.).
2-o‘rin Valijonova Shiringa “Analiz roli genov brca1 u brca2 v kachestve predikatora raka sheyki matki. Rasprostranyonnost raka sheyki matki v Respublike Uzbekistan” nomli ma’razasi uchun (Ilmiy rahbar t.f.n. Kamilova I.A.).
3-o‘rin Tadjiddinova Kamillaga «Embolizatsiya matochnыx arteriy kak sovremenniy metod lecheniya miomы matki» nomli ma’razasi uchun (Ilmiy rahbar t.f.d.prof Babadjanova G.S.). loyiq deb topildilar.
Anjuman so‘ngida kafedra mudiri Shukurov F.I. so’zga chiqib barcha kafelralararo bosqichi sovrindor talabalarini qutlab ularga keyingi bosqichlarda muvofaqqiyat tiladi.
Fikr bildirish