XIX xalqaro o‘quv – uslubiy anjuman bo’lib o’tadi!
Toshkent tibbiyot akademiyasi ma’muriyati Sizni 2024-yil 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan «Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirish istiqbollari va erishilgan yutuqlari» mavzusidagi XIX xalqaro o‘quv – uslubiy anjumanda ishtirok etishga taklif etadi.
Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
- Kredit-modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish.
- Tibbiy ta’lim sifatini oshirishda simulyatsion o‘qitishning o‘rni.
- Tibbiy ta’limda raqamlashtirishning ahamiyati.
- Mustaqil ta’lim: muammo va istiqbollar.
- Tibbiyotda ta’limning turli masalalari.
Anjuman materiallari alohida to‘plam shaklida chop qilinadi.
Tezislarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar: Tezislar matni
1 betdan oshmagan, A4 formatda, shrift – Times New Roman, shrift o‘lchami – 14, satrlar orasidagi interval 1 sm, sahifa parametri chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm hoshiya qoldirib tayyorlanishi lozim. Birinchi qatorida – ishning nomi (markazdan, bosh xarflarda), pastida – mualliflar (markazdan, kichik xarflarda, ma’ruzachining ismi va sharifi belgilanishi lozim), so‘ngra pastidan – tashkilot, muassasa, shahar nomi yozilishi kerak (markazdan, kursiv bo‘yicha).
So‘ngra bir qator o‘tkazib, tezislar matni keltiriladi. Tezislar elektron ko‘rinishda yuborilishi, hamda ma’ruza yoki to‘plamda faqat tezis chop etish ko‘rinishida qatnashish hakidagi ma’lumot va mualliflar telefoni va elektron manzili berilishi lozim.
Tezislar rus, o‘zbek va ingliz tillarida qabul qilinadi. Elektron shaklda fayl nomiga birinchi muallifning familiyasi beriladi masalan, Axmedova.doc ko‘rinishida taqdim qilinishi lozim.
Keltirilgan ilmiy ishlardagi grammatik va stilistik xatoliklar, shuningdek, ish mazmuni uchun shaxsan mualliflar mas’ul hisoblanadi.
Tezislarni qabul qilish muddati – 2023-yil 25–dekabrgacha
Tezisni qabul qilish bo‘yicha elektron manzil: xoliqjon.safarov@gmail.com
Murojaat uchun telefonlar: 90-3504157, 97-7726300
Fikr bildirish