2023 yil 16 fevral kuni TTA akusherlik va ginekologiya kafedrasida «COVID-19  va homiladorlik: klinik-tashxislash, akusherlik va perinatal jixatlari» mavzusidagi onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni kafedra mudiri Shukurov F.I. ochib berarkan u ushbu onlayn seminarni o‘tkazishdan maqsadimiz, birinchidan barcha shu soxaga oid yoki yaqin mutaxassislarni ushbu kasallikka e’tiborini yanada qaratish hamda mazkur kasallikni homilador ayollarda kechishini tashxislash davolash va homiladorlik tug‘ruqda kuzatiladigan asoratlarini oldini olish chora tadbirlarini yana bir bor ko‘rib chiqish shuningdek mazkur mavzuga bag‘ishlangan eng so‘nggi ilmiy yangiliklar va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari bilan tanishish va o‘zaro fikr almashishdan iboratdir dedi

Yana shuni ham aloxidaa ta’kidlab o‘tish joizki bugungi o‘tkazadigan onlayn seminarimiz Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilab berilgan ishlarni hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Rektori tomonidan olib borilayotgan ta’lim sifatini yanada oshirishga oid ishlarni amalga oshirish talablariga mos keladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu kasallikni homilador ayollar orasida ko‘p uchrayotganligi va uning natijasida homilador ayollarda turli akusherlik va perinatal asoratlarni salmog‘ini ortib borayotganligi ba’zi holatlarda o‘lim bilan tugayotganligi biz ushbu soxaga masul shifokorlarni yanada sergak bo‘lishimizni avvalom bor homilador ayollarga ushbu kasallikni yuqishini oldini olish kasallikga chalingan ayollarda esa homiladorlik va tug‘ruqda kuzatiladigan turli asoratlarni tashxislash davolash va oldini olish chora tadbirlarini amalga oshirishimiz lozimligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Onlayn seminarda TTA Patologik  anatomiya, Oilaviy tibbiyotda bolalar kasallikalari, Gematologiya transfuziologiya va laboratoriya va Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi hamda TTA Termez va Urgench filiallari akusherlik va ginekologiya kafedrasidan ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

   

Translate: Uzbek