Kecha 2023 yil 30 yanvar kuni TTA Akusherlik va ginekologiya kafedrasi klinik bazasida «O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish» mavzusiga bag‘ishlangan  “Reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TTA Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi professor Gulnara Sattarovna Raximbaeva, Malaka oshirish fakulteti dekani professor Nargiza Muxtarxanovna Nurillaeva va Akademiyaning Ilmiy kadrlarni tayerlash va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Abrarovna Muminovnalar ishtirok etdilar.

    

Tadbirni kafedra mudiri professor Shukurov F.I. ochib berdilar. U o‘z kirish so‘zida ushbu tadbirning maqsadi vazifalari va ahamiyati to‘grisida gapirib o‘tib bugungi kunda Respublikamizda Reproduktiv salomatlik borasida olib borilayotgan isloxotlar to‘g‘risida jumladan  Prezidentimizning yaqinda Singapur davlatiga rasmiy tashriflari doirasida sog‘liqni saqlash tizimida xususan reproduktiv salomatlikga oid qilinajak ishlar xususan Respublika aholisini reproduktiv salomatligini yaxshilash maqsadida barcha viloyatlarda Singapur davlati tajribasi asosida va ushbu davlat bilan xamkorlikda reproduktiv salomatlik markazlari tashkil etilishi haqida ham aloxida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda kafedra professori Babajanova G.S.ning “Reproduktiv salomatlikni yaxshilash omillari”, professor Saidjalilova D.Dning “Soglom oila soglom bola” va dotsent Nigmatova G.Mning “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusidagi taqdimotlari tinglandi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari bilan mazkur mavzuga oid o‘zaro davra suxbati ko‘rinishdagi muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida TTA Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi professor Gulnara Sattarovna Raximbaeva, Malaka oshirish fakulteti dekani professor Nargiza Muxtarxanovna Nurillaeva va Akademiyaning Ilmiy kadrlarni tayerlash va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Abrarovna Muminovnalar so‘zga chiqib avvalo tadbirga taklif qilishganligi uchun raxmat aytishib, tadbir haqida va uni yuqori darajada tashkillashtirilganligi uchun kafedra mudiri va kafedra xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar. Tadbir oxirida kafedra mudiri prof Shukurov bugungi tadbirga o‘z vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurgan mexmonlarga va tadbirda ishtiok etishgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.